Toshkentda 32,5 mln so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Joriy yil oktabr oyining birinchi yarmida Toshkent shahrida savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazildi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Profilaktik tadbirlar jarayonida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 47,2 million so‘mlik tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi aniqlandi.

Toshkentning Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 27/9-uyda o‘tkazilgan profilaktik tadbir jarayonida aksiz markasi mavjud bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan jami 64 turdagi 772 dona, umumiy qiymati 32 million 533 ming so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yilgan.

Uchtepa tumanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarda fuqaro Dilshod G‘ulomov (ismi va familiyasi o‘zgartirilgan) tomonidan jami 25 turdagi 177 dona, umumiy qiymati 3 million 329 ming so‘mlik tamaki mahsulotlari noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida vaqtinchalik olib qo‘yildi, deyiladi xabarda.

Fikr bildirish

Latest from Blog