Toshkentda 300 nafar urush qatnashchilariga avtomobillar topshirilmoqda


Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan 300 nafarga yaqin Ikkinchi jahon urushining qatnashchilariga GM Uzbekistan avtomobillarini imtiyozli xarid qilishga oid sertifikatlar berilgan edi.

Shu kunlarda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni imtiyozli xarid qilish istagini bildirgan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tegishli avtomobillar tantanali ravishda topshirilib kelinmoqda, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.

Jumladan, 2017-yil 17-aprelda mehnat va urush faxriylari – Uchtepa tumani, Beshqayrog‘och ko‘chasi, 55/1-uyda istiqomat qilib kelayotgan 94 yoshli Hikmat ota Ubaydullaevga “Damas”, Shayxontohur tumani, Ulug‘bek ko‘chasi, 65-uyda istiqomat qiluvchi 98 yoshli Kamol ota Turopovga “Lasseti”, 2017-yil 18-aprelda Yakkasaroy tumani, H.Sulaymonov ko‘chasi, 1a-uyda istiqomat qiluvchi 92 yoshli Nazar Stepanovich Nazaryanga “Lasseti”, Shayxontohur tumani,M.Qoriyoqubov 2-tor ko‘chasi, 3-uyda istiqomat qiluvchi 93 yoshli Abduvohid ota To‘laganovga “Damas” rusumli engil avtomobillar tantanali ravishda topshirildi.

 

Fikr bildirish

Latest from Blog