Toshkentda 18 yoshli yigit marixuana bilan ushlandi

2017-yilning 1-noyabr kuni, taxminan soat 20:30larda, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Bektemir tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, fuqaro 1999-yilda tug‘ilgan S.S. to‘xtatib tekshirilganda, uning yonidan og‘irligi 3,94 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi aniqlanib olingan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Foto: guvd.uz

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Latest from Blog