Toshkent vokzalida xorijlik sayyohlar uchun “yashil yo‘lak“ joriy qilindi

Toshkent Markaziy vokzalida “yashil yo‘lak” joriy etildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmatiga tayanib “Xalq so‘zi“ ma’lum qildi.

Foto: Xalq so‘zi

Endilikda O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar vokzalda tashkil etilgan “yashil yo‘lak” orqali harakatlanish imkoniyatiga ega. Sayyoh mazkur yo‘lakdan o‘tganda, hujjatlarni rasmiylashtirish, bojxona ko‘rigidan o‘tish kabi jarayonlar tez va sifatli amalga oshiriladi.

“Bu ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish, vaqtni tejash va mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishga zamin yaratadi“, deyiladi kompaniya xabarida.

Fikr bildirish

Latest from Blog