Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri qator lavozim tayinlovlarini amalga oshirdi. Bu haqda Sputnik xabar qilmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Toshkent viloyatining birdaniga beshta tumanida IIB boshligʻi oʻzgargan. Xususan, podpolkovnik Murodov Avaz Akbarovich — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani IIBga, podpolkovnik Gʻoziyev Dilshod Toʻrayevich — Parkent tumani IIBga, podpolkovnik Karimov Shavkat Abdinazarovich — Piskent tumani IIBga, podpolkovnik Qoʻziboyev Bahrom Bahodirovich — Chinoz tumani IIBga va podpolkovnik Ergashev Olim Zokirovich — Quyi Chirchiq tumani IIBga boshliq etib tayinlandi.