Toshkent viloyati yoʻllarida foto va videoradarlar ishga tushadi

Toshkent viloyati hududidan oʻtgan M39 «Almata-Bishkek-Toshkent-Termiz» avtomobil yoʻlining 806-871 kilometrlari oraligʻida maxsus avtomatlashtirilgan fotoradarlar oʻrnatilib, 20-yanvar kunidan buyon sinov tariqasida foydalanilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.

Foto: Sputnik

Yoʻl harakati qoidasini buzgan haydovchilarni aniqlashga moʻljallangan mazkur maxsus avtomatlashtirilgan fotoradarlar qisqa muddatda Toshkent viloyatining barcha shahar va tumanlarida bosqichma-bosqich oʻrnatilishi rejalashtirilgan.

M39 «Almata-Bishkek-Toshkent-Termiz» avtomobil yoʻliga oʻrnatilgan fotoradarlar 2018-yilning fevral oyida ishga tushiriladi.

Qayd etilishicha, ushbu tizim yoʻl harakati xavfsizligini zamonaviy texnologiyalar yordamida taʼminlash, yuqori harakat jadalligi sharoitida yoʻl harakatini nazorat qilish, ishtirokchilarning yoʻl-transport hodisalaridan himoyalanganlik darajasini oshirish, qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlash, qayd etish hamda profilaktika qilish ishlari samaradorligini oshiradi.

Fikr bildirish

Latest from Blog