Toshkent viloyati markazi To‘ytepa shahri qayta qurilmoqda, bunda xorijdan arxitektorlar jalb qilingan

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-iyul kuni Toshkent viloyatiga tashrifi davomida To‘ytepa shahrida joylashgan viloyat hokimligi binosida faollar bilan yig‘ilish o‘tkazdi.

Foto: toshvil.uz

O‘zA yozishicha, bugun To‘ytepa katta qurilish maydoniga aylangan. Toshkent viloyatining ma’muriy markaziga aylangan shaharda keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilmoqda. Prezident tashrifi davomida To‘ytepa shahrining bosh rejasi taqdimoti o‘tkazildi. Reja bo‘yicha uy-joylar, ma’muriy bino va inshootlar qurilishida binolarning tashqi ko‘rinishi va dizayniga alohida e’tibor qaratilgan.

Shu kungacha Toshkent viloyatining ma’muriy markazi yo‘q edi. Bugun bu ishga kirishmasak ertaga kech bo‘ladi, dedi Prezident va To‘ytepa shahrini viloyatning markazi sifatida qayta qurish tadbirlari amalga oshirilayotgani, bu borada xorijdan arxitektorlar taklif qilinganini ta’kidladi.

Prezident viloyatda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari loyihasi bilan ham tanishdi. Loyiha bilan tanishar ekan, Toshkent-To‘ytepa yo‘li atrofida zamonaviy uy-joylar qurish, ijtimoiy soha ob’yektlarini zamon talablari darajasida barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Fikr bildirish

Latest from Blog