O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tizimlarida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlariga asosan Bahodir Baxtiyorovich Po‘latov Toshkent viloyati prokurori, Botir Ermamatovich Yusupov Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatining sobiq prokurori Ulug‘bek Sunnatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5-yanvar kuni Toshkent viloyatiga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida lavozimidan ozod etilgan edi.