Toshkent suv kanalida sinfdoshini qutqarishga uringan 10 yoshli bola choʻkib ketdi

Toshkentda 21-yanvar kuni Olmazor tumanining Qora-Qamish 2/5 mavzesi hududidan oqib oʻtuvchi suv kanalida 10 yoshli bola choʻqib ketdi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

Foto: Sputnik

Xabar berilishicha, fojia 21-yanvar kuni Olmazor tumanining Qora-Qamish 2/5 mavzesi hududidan oqib oʻtuvchi suv kanalida yuz bergan.

Voqeaga guvoh boʻlganlarning xabar qilishicha, 10 yoshli Abdulla Roʻziboyev va uning sinfdoshi Shohjahon maktabdagi darslardan qaytayotgan vaqtida sodir boʻlgan.

Doʻsti suvga tushib ketganini koʻrgan Abdulla oʻzini muzdek sovuq suvga tashlagan. Shohjahon mahalliy aholi tomonidan qutqarib qolingan, biroq Abdulla choʻkib ketgan.

«Birinchi suvga tushib ketgan bola shu yerda boʻlgan odamlar tomonidan grablyalar yordamida qutqarib qolingan. Lekin boshqa bolani kuchli suv oqimi olib ketdi. FVV xodimlari voqea joyiga oʻz vaqtida yetib borishgan. Oʻtkazilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida choʻkib ketgan bolaning jasadi topilgan», — deb maʼlum qilishdi FVV matbuot xizmatida.

Fikr bildirish

Latest from Blog