Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati Toshkent shahriga prokuror tayinlanganligini maʼlum qildi.
Xabar qilinishicha, Oʻzbekiston Respublikasi bosh prokurorining 2017-yil 12-iyundagi buyrugʻiga muvofiq adliya katta maslahatchisi Obloqulov Sherzod Soatqulovich Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Prokuratura toʻgʻrisida»gi Qonuniga asosan Toshkent shahar prokurori lavozimiga 5 yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hayʼati raisi etib tasdiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan Botir Qudratxoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimiga tayinlangandi.