Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 2-iyundagi qaroriga asosan Toshkent shahridagi 7 tumanda koʻchalar nomlariga oʻzgartirishlar kiritilgan.
Foto: Mg.uz
Mazkur qarorga koʻra, Bektemir, Yashnobod, Olmazor, Uchtepa, Yunusobod, Sergeli va Yakkasaroy tumanlaridagi baʼzi joy, koʻchalarga yangi nom berilgan va qayta nomlangan.
Jumladan, Bektemir tumanidagi Bardonkoʻl koʻchasi Majnuntol koʻchasi deb qayta nomlandi.
Yashnobod tumanidagi Pahlavon Mahmud-2 tor koʻchasi — Pahlavon Mahmud koʻchasi, M.Musaxonov 1-tor koʻchasi —Pahlavon Mahmud tor koʻchasi hamda M.Musaxonov 1 va 2-berk koʻchalari — Pahlavon Mahmud 1 va 2-berk koʻchalari deya qayta nomlandi.
Olmazor tumanidagi Yangi tor koʻchalar Chuqursoy 6-7-8- tor koʻchasi va Noraztepa 5-6-7-8-tor koʻchasi deb nomlandi. Uchtepa tumanidagi Tuyatortar koʻchasi Koʻkcha Oqtepa koʻchasi deb qayta nomlandi.
Yunusobod tumanidagi Bogʻishamol va Yangishahar koʻchalari oraligʻidagi yangi koʻchaga Yangishahar koʻchasi hamda Doʻrmon yoʻli va Bogʻishamol koʻchalari oraligʻida tashkil topgan koʻchaga Doʻrmon yoʻli koʻchasi deb nom berildi. Shuningdek, Ahrorobod 2-berk koʻchasi Ahrorobod tor koʻchasi deb nomlandi.
Sergeli tumanidagi Yangi tor koʻchalarga Savatchi 2-3-4-5-6-tor koʻcha, Shohruhiya koʻchasiga Samo koʻchasi, Yangi berk koʻchalarga Samo 1-2-berk koʻchasi, Hamza koʻchasi Favvora koʻchasi deb nomlandi. Qoʻyliq-6 dahasidagi yangi koʻchaga Nufuzli koʻchasi deya nom berilgan («Qoʻshqoʻrgʻon» mahallasi). Sayfi Olimov 1-berk koʻchasi Qumariq 4-berk koʻchasi deya qayta nomlangan (tutash koʻcha nomlari uygʻunlashtirilgan).
Yakkasaroy tumanidagi Fozilota qabristoni Yakkasaroy qabristoni deb ataladigan boʻlgan.