Toshkent shahrida sutka davomida o‘nta yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda sutka davomida (2—3-iyun oralig‘ida) o‘nta yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Gazeta.uz

Jumladan, 2-iyun, juma kuni soat 15:50 da Yashnobod tumani, Aviasozlar dahasidagi uylarning birida xonadon egasi ehtiyotsizlik bilan sigaret chekishi oqibatida yong‘in kelib chiqdi. Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilari tomonidan yong‘in tarqab ketishiga yo‘l qo‘yilmay, fojianing oldi olindi.

Fikr bildirish

Latest from Blog