“GM Uzbekistan” aktsiyadorlik jamiyati “GM Korea” bilan hamkorlikda kompaniyaning Toshkent shahridagi filialida “Tracker” modelini yirik uzelli yigʻish ishlarini olib borayotgani haqida xabar bergan edik.
Jumladan, sinov ishlab chiqarish doirasida ayni damda 28 dona «Tracker» avtomobili yig‘ilgan.
Ijtimoiy tarmoqlari orqali Toshkent ko‘chalarida harakatlanayotgan yangi «Chevrolet Tracker»ning fotolari paydo bo‘ldi.