Toshkent chorrahalarida to‘xtash chizig‘ini anglatuvchi belgilar o‘rnatiladi


31-martdan Toshkentning qoidabuzarliklarni qayd etish kameralari o‘rnatilgan chorrahalarida «Stop-liniya» 5.33 belgilarini o‘rnatish boshlanadi. Bu haqda payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Toshkent IIBB YHXB inspektori Alisher Abduqodirovning bergan ma’lumotiga tayanib Uz24.uz nashri xabar qildi.

Shuningdek, juma kunidan boshlab to‘xtash chiziqlari yaxshi ko‘rinmay qolgan chorrahalarda chiziqlarni yangilash bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

«STOP» so‘zi yozilgan ishora belgisi svetofor yoki boshqaruvchining taqiqlovchi signalida transport vositasining to‘xtash joyini anglatadi.

Fikr bildirish

Latest from Blog