2017-yil oxiriga kelib O‘zbekiston poytaxtida istiqomat qilayotganlar 2,465 million kishiga yetgan, deya xabar qildi O‘zA.
2018-yilda bu raqam 2,489 milliontaga yetishi kutilmoqda. 2012-yilda esa poytaxtliklar soni 2,342 million kishi yoki 5 foiz kamroqni tashkil etgan.
2018-yilda poytaxtda tahsil olayotgan talabalar sonining qisqarishi kutilmoqda. Xususan, o‘tgan yilda 109 ming nafarga yaqin talaba ro‘yxatga olingan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni qariyb 7 mingtaga kamayadi.
Pensionerlar soni bo‘yicha keyingi besh yildagi eng yuqori ko‘rsatkich 2017-yilda qayd etilgan bo‘lib, 326 ming nafarga yetgan. Joriy yilda bu raqam 312 mingtani tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Ma’lumotlar manbasi keltirilmagan.