Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati mamlakatga «Tolibon» delegatsiyasi kelganligi haqida xabar berdi.
«2018-yilning 7-10-avgust kunlari Doha shahrida joylashgan “Tolibon” harakati siyosiy idorasi rahbari Sher Muhammad Abbas Stanikzay boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga amaliy tashrif bilan keldi», – deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, “Tolibon” harakati delegatsiyasi Tashqi ishlar vazirligida qabul qilingan.
Uchrashuvda Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish jarayonining istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan.