Toliblar Afgʻonistonda gʻalaba qozonib boʻlmasligini tan olishdi

“Tolibon“ harakati Afgʻonistondagi vaziyatning harbiy yechimining imkoni yoʻqligi va gʻalaba qozonib boʻlmasligini tan oldi, deb xabar qildi RIA Novosti AQSh davlat kotibining Afgʻonistondagi yarashish boʻyicha Maxsus vakili Zalmay Xalilzod bayonotiga asosan.

Foto: AP Photo

“Biz muammoni hal qilish uchun avvalo AQSh bilan va keyin Afgʻonistan huqumati bilan uchrashuv oʻtkazishimiz kerak”, – deb keltirdi tolibonlarning soʻzini Zalmay Xalilzod jurnalistlarga.

Abu-Dabidagi toliblar bilan oʻtkazilgan muzokaralarda AQSh, BAA, Saudiya Arabistoni va Pokiston vakillari ishtirok etishdi. Shuningdek, Afgʻoniston hukumati delegatsiyasi keldi, u “yopiq muzokaralar“ga tayyorgarlik koʻrgan edi, biroq toliblar bu taklifni rad etishdi. Ushbu uchrashuvda tomonlar Afg’onistonda uch oylik tinchlik oʻrnatish masalasini muhokama qilishdi.

Eslatib oʻtamiz, Afgʻonistondagi tinchlik oʻrnatish masalasi Oʻzbekiston tashqi siyosatining faol yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Bunday boʻlishiga qator ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jiddiy sabablar mavjud. Toshkentda oxirgi yil davomida Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishga bagʻishlangan bir necha xalqaro anjumanlar boʻlib oʻtdi. Ulardan eng muhimlaridan biri – noyabr oyida Afgʻoniston tinchlik oʻrnatish boʻyicha Afgʻoniston, Pokiston va Oʻzbekiston ishtirokida uch tomonlama komissiyaning tuzilishi boʻldi. Xalqaro ekspertlar fikriga koʻra ushbu komissiya Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishda muhim rol oʻynashi kerak.

Fikr bildirish

Latest from Blog