Tojikistonliklar ikki oy Rossiyaga kira olmaydi

Rossiya 14-iyundan 15-iyul sanasiga qadar mamlakatning 11 ta stadionlarida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘sag‘asida Tojikiston fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqladi. Taqiq muddati 25-maydan boshlanadi va 25-iyulga qadar davom etadi, deya xabar qildiTojikiston Mehnat vazirligi.

Foto: Al Jazeera

«Tojikiston Mehnat, migratsiya va aholi bandligi vazirligi mamlakat aholisidan Futbol bo‘yicha jahon chempionati – 2018 o‘tkaziladigan davr oralig‘ida, imkoni boricha Rossiyaning qator shaharlariga bormaslikni so‘raydi, — deyiladi xabarda.

Ko‘rsatilgan muddatda Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Ekaterinburg, Kazan, Kaliningrad, Quyi Novgorod, Rostov-Don, Samara, Saransk va Sochi shaharlariga kirib kelgan fuqarolar bir sutka muddatda migratsiya uchyotiga turishlari shart.

«Ushbu talab nafaqat Tojikiston fuqarolari, balki yuqorida nomi tilga olingan Rossiya shaharlariga kirib keluvchi barcha chet elliklarga tegishli va Jahon chempionati – 2018 xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan», — deb ta’kidlagan vazirlik.

Futbol bo‘yicha 2018-yilgi chempionat — FIFA tomonidan o‘tkazilayotgan 21-jahon chempionatidir, uning bir qismi Rossiya shaharlarida 14-iyundan — 15-iyul sanasiga qadar o‘tkaziladi.

Fikr bildirish

Latest from Blog