Tojikistonda selitra solingan palov iste’mol qilgan 4 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Tojikistonning Xo‘jand shahrida (So‘g‘d viloyati) Yangi yil kechasi iste’mol qilingan palovdan so‘ng 4 kishi, jumladan, 67 yoshli oshpaz olamdan o‘tdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

Yana 6 kishi, jumladan, keksa ayol va uning nevarasi og‘ir zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi.

Sud-tibbiyot ekspertizasi Xo‘jand shahrining 4 fuqarosi natriy nitratidan zaharlanish oqibatida o‘lganini ko‘rsatdi. Fojia joyida mazkur modda qoldiqlari bo‘lgan kichik quti topildi. Marhumlarning organizmida ham natriyli selitra izlari aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha “Ehtiyotsizlik oqibatida o‘lim sodir etish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘aldi, tergov olib borilmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog