Oʻzbekiston va Tojikiston hukumatlari bojxona sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik.
Tojikiston hukumati Oʻzbekiston bilan ushbu sohada hamkorlik qilish boʻyicha ikkita hujjatni tasdiqladi.
Kelishuv hujjatlarida bojxona jarayonlarini soddalashtirish, axborot va tajriba almashish, bojxona qonunchiligi buzilishlari, xususan, noqonuniy tovar olib oʻtilishining oldini olish masalalari koʻzda tutilgan.
Tomonlar hujjatlarni tez orada imzolashi kutilmoqda.