Tojik-qirg‘iz chegarasida «suv» majorosi kelib chiqdi

Majoro 12-sentabr kuni kechqurun Tojikistonning Isfara va Qirg‘izistonning Batkent chegara oldi aholi punktidagi odamlar o‘rtasida kelib chiqdi. Bu gal majoroga suv sabab bo‘ldi.

Foto: Google Images

Tojikiston tomonning ma’lumotiga qaraganda, Batken aholisi Isfara tumaning Vorux jamoati «Tojikon» qishlog‘i aholisi uchun suv quvurlari tortilishiga to‘sqinlik qilgan. Suv quvuri liniyasi uchun Og‘a Xon jamg‘armasi tomonidan 500 ming somoni (55 ming dollardan ortiq) ajratilgan edi. Barcha ishlar hozircha to‘xtatildi.

Tojikistonlik faol Adolat Rahimovaning aytishicha, «Tojikon» qishlog‘i aholisi uchun suv quvurini tortish loyihasi Isfara tuman ma’muriyati tomonidan rasman tasdiqlangan. «Men qo‘shnilarning noroziliklariga va ziddiyat keltirib chiqarayotganliklariga tushunmayman, axir ishlar bahsli hududlarda emas, balki Tojikistonga tegishli hududlarda olib borilmoqda-ku?. 1990-yildan beri to shu kunga qadar mahalla ahli toza ichimlik suvidan bebahra va shu sababli kanal va daryolardan foydalanib kelishadi. Ishlar vaqtincha to‘xtatildi, biz surishtiruv natijalarini kutayapmiz», — deya ta’kidlaydi Rahimova.

«Tojikon» mahallasi odamlarining so‘zlariga qaraganda, qirg‘iz chegarachilari chegara liniyasi yaqiniga kelishgan va ularning hatti harakatlarini kuzatib turishibdi. Isfara shahar ma’muriyatidagi manbaning aytishicha, majoroni o‘rganish maqsadida hodisa joyiga qo‘shni tuman prokuraturasi vakillari yetib keldi.

Xabar qilinishicha, Batken (Qirg‘iziston) va Isfara (Tojikiston) tumanlarining rahbarlari Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida ikki mamlakat fuqorolari o‘rtasida kelib chiqqan majoro yuzasidan muzokoralar olib boradi. Bundan tashqari ikkita tuman rahbarlaridan kabi Qirg‘iziston va Tojikistonning ikkita viloyati rahbarlarining uchrashuvi ham kutilmoqda.
Qirg‘izistoning Batken aholisining so‘zlariga qaraganda, 12-sentabr kuni Tojikiston fuqorolari Qirg‘iziston hududlari orqali suv quvuri qurilishini davom ettirishga uringan va shundan keyin nizo kelib chiqqan.

Davlat chegara xizmati matbuot kotibi Salqin Abdiqariyeva majoro bo‘lib o‘tganini tasdiqladi va vaziyat nazorat ostida ekanligini ta’kidladi. Uning aytishicha, hodisa Kok-Tasha va Oqsoy hududlaridagi yerda yuz berdi.

Rasmiy ma’lumotlaga ko‘ra, Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasi 976 kilometrni tashkil qiladi, shundan 504 kilometri delimitatsiya va demarkatsiya qilingan. Qolgan uchastkalar bahsli bo‘lgani bois bu yerlarda muntazam ravishda majorolar yuz berib turadi.

Fikr bildirish

Latest from Blog