O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murod (1948-2003)ning «Ot kishnagan oqshom» va «Oydinda yurgan odamlar» qissalari rus tilida kitob bo‘lib chiqdi.
Tog‘ay Murod (Mengnorov) o‘zbek milliy adabiyotining noyob vakilidir. Yozuvchining «Yulduzlar mangu yonadi» (1976), «Ot kishnagan oqshom» (1979), «Oydinda yurgan odamlar» (1980), «Momo yer qo‘shig’i» (1985) qissalari va «Otamdan qolgan dalalar» (1986—1992) romani o’zbek kitobxonlarining eng sevimli asarlaridan.