17-iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Malayziya elchisi Dato Nor’aini binti Abd Hamid bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston–Malayziya munosabatlarini yanada rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollari, jumladan, ikki davlat ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum o‘tkazish masalasi muhokama qilindi.
Tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.