The New York Times yozishicha, AQSh prezidentlik saylovlarida respublikachilar nomzodi Donald Trampning g‘alaba qozonish ehtimoli 89 foizga yetgan.
Gazetaning prognozi ko‘pgina shtatlarda yakunlangan saylovlarning dastlabki natijalariga asoslanadi.
Axios portalining ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 4:30 holatiga ko‘ra Tramp zarur bo‘lgan 270 ovozdan 210 tasini qo‘lga kiritgan, demokratlar nomzodi Kamala Harris esa hozircha 112 ta ovoz bilan kifoyalanmoqda.
Prezidentlik saylovlari bilan bir vaqtda AQSh Kongressiga ham saylovlar o‘tkazilmoqda. Axios xabar berishicha, hozircha respublikachilar ustunlikni saqlab qolmoqda. Senatda ular 100 o‘rindan 48 tasini, Vakillar palatasida esa demokratlarning 92 o‘rniga nisbatan 140 ta o‘rinni egallashgan.