Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey parlament saylovlari oldidan televideniye munozaralarida ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu haqda Mey BBC telekanali efiririda saylovchilar bilan uchrashuvlarda cheklovlar joriy qilinganini ma’lum qildi.
«Biz televizion munozalar o‘tkazmaymiz. Men saylovoldi kompaniyalarinig siyosatchilar va saylovchilar o‘rtasida uchrashuvlar tashkil qilayotganiga ishonaman», – dedi efir orqali vazir.
Bosh vazir shuningdek, muddatidan oldingi saylovlar muxolifat partiyalarining Buyuk Britaniyani Yevropa Ittifoqidan (Brexit) chiqishiga qarshilik qilayotgan harakatlariga xalaqit berishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
«Xalqimiz bir maqsad atrofida birlashdilar. Biz Yevropa Ittifoqidan chiqib, kelajakda yanada kuchli Buyuk Britaniya qurishni istaymiz», – dedi Mey.
Foto: TACC