Teraktda vafot etganlar oilalariga O’zbekistonning AQShdagi elchixonasi hamdardlik bildirdi

O’zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi Nyu-Yorkda sakkiz kishining hayotiga zomin bo’lgan terakt yuzasidan bayonot chiqardi. Hujumni sodir etgan shaxs Sayfullo Soipov voqea joyida politsiya o’qidan yaralangan va hozir kasalxonada.

Foto: AFP

«O’zbekiston elchixonasi 31-oktabr kuni Nyu-Yorkda sodir etilgan qabih va shafqatsiz teraktda halok bo’lganlarning oilalari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi», – deyiladi bayonotda.

Soipov Green Card bilan 2010-yilda AQShga kelgan, ammo O’zbekiston fuqaroligiga ega ekani taxmin qilinadi. Elchixona u haqda to’liq ma’lumot berishni so’rab, O’zbekiston huquq-tartibot idoralariga murojaat qilganini bildirmoqda.

Latest from Blog