Telegram messenjeri asoschisi Instagram sahifasida kelejakda messenjer orqali to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo‘lishiga sha’ma qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, to‘lovlar botlar orqali amalga oshiriladi.
Har bir foydalanuvchi to‘lov kartochkasi ma’lumotlarini kirgizgan holda sotib olishi, to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.
Ahamiyatlisi shundaki, to‘lovlarni amalga oshirish vaqtida Telegram xizmat uchun hech qanday komissiya olmaydi. Messenjer shunchaki botlar orasida moderatorlik vazifasini bajaradi.