Tehron – Pekin yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qoʻndi

Mahan Air shirkatining Tehron — Pekin yoʻnalishi boʻyicha uchayotgan IRM079 reysi 28-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:20 da Toshkent aeroportiga favqulodda qoʻnishga majbur boʻldi. Bu haqda 29-may kuni Uzbekistan Airports matbuot xizmati maʼlum qildi.

Samolyotning favqulodda qoʻnishiga yoʻlovchilardan birining yurak xurujiga uchragani sabab boʻlgan. Yoʻlovchining ahvoli ogʻirlashagni ortidan ekipaj muqobil aerodromga qoʻnishga qaror qilgan.

Samolyot Toshkent aeroportga qoʻnganidan soʻng yurak hurujiga uchragan yoʻlovchi “Tez yordam”da kasalxonaga olib ketildi. Taxminan soat 00:40 da samolyot Toshkentdan Pekinga uchib ketdi.

Fikr bildirish

Latest from Blog