O‘zbek Milliy akademik drama teatri sahnasida yangi komediya namoyish etiladi. Ayni vaqtda U. Abdurahmonov asari asosidagi “O‘jarlar” nomli yangi spektakl sahnalashtirish jarayonida.
Foto: Panoramio
Teatr sahnasidagi yangi asar O‘zbekiston madaniy hayotida yaxshi yangilik bo‘ladi. Ushbu asarning sahnalashtiruvchi rejissori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Marat Azimov, sahnalashtiruvchi rassom Umida Irmatova, rejissor Muborak Madazimova. Pyesa tomoshabinlarga manzur bo‘lishi kutilmoqda. Premerani kutib qolamiz.