Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan Abdujabbor Abduvohidov vazirlik hay’atiga tanishtirildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

U 2002—2011-yillarda Toshkentdagi Vestminster universitetini boshqargan. Shundan so‘ng Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi rektori bo‘lgan.
Abdujabbor Abduvohidov O‘zbekiston Prezidentining “Iste’dod” fondi ijrochi direktori bo‘lib ishlab kelayotgandi.