Taniqli vayner jinoyat ishi doirasida qo‘lga olindi

Internet va shou biznes olamida Dili.me nomi bilan tanilgan vayner sheriklari bilan birgalikda bir yigitni kaltaklab, unga tan jarohati yetkazgani uchun qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsiddinov bu ma’lumotni tasdiqlab, hodisa 23-yanvar kuni sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bosh prokuraturaga ko‘ra, jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi bir necha marotaba chaqirtirilishiga qaramasdan tergovga kelishdan bo‘yin tovlab kelgan. Shu sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida vayner 10-mart kuni ushlanib, tergovga jalb qilingan.

«Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.

Fikr bildirish

Latest from Blog