Talabalar o‘rtasida «Yosh kitobxonlar» ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekistonda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan sa’y-harakatlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Foto: «Korrespondent O‘zbekiston»

Xuddi shu maqsadda mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan «Yosh kitobxonlar» ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Bugun ushbu tanlovning hududiy bosqichi o‘tkazildi.

Tadbir Toshkent moliya institutida bo‘lib o‘tdi. Tanlov 5 yo‘nalishda o‘tkazildi: «Kitob tafakkur xazinasi», «Eng faol badiiy asarlar targ‘ibotchisi», » Yosh ijodkor talaba», «Asarlardan yaralgan sahna asarlari», «Asarlardan yaralgan navolar». Ushbu yo‘nalishlarning 4 tasida O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Fikr bildirish

Latest from Blog