Tadbirkorlarga tranzit yoʻl xarajati uchun katta miqdorda chegirma joriy etildi

«Oʻzbekiston temir yoʻllari» aktsiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Yoʻlreftrans» aktsiyadorlik jamiyatining refrejirator vagonlariga Qozogʻiston Respublikasida tranzit yoʻl xarajati uchun 2017-yil oxiriga qadar 67 foiz chegirma joriy etildi. Bu haqda «Oʻzbekiston temir yoʻllari» aktsiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: ml500.ru

Xabarda aytilishicha, «Yoʻlreftrans» aktsiyadorlik jamiyatida tadbirkorlar uchun koʻplab imtiyozlar taqdim etilyapti. Jumladan, yoʻl xarajatlari deyarli 50 foizga qisqartirildi, vagonlarning turib qolishi 3 kunga uzaytirildi, kerakli yuk hujjatlarini rasmiylashtirish elektron shaklga oʻtkazildi.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ortish uchun maxsus refrejirator sektsiyalari mavjud boʻlib, ularda meva-sabzavotlar oʻz holiday manzilga yetib boradi. Yuklar oʻz manziliga yetib borguncha muzlatish va haroratni bir xil meʼyorda ushlab turish tizimlari doimo nazoratda boʻladi.

Hozirda «Oʻzbekiston temir yoʻllari» aktsiyadorlik jamiyatining barcha yuk stansiyalarida refrijerator vagonlariga buyurtma berish mumkin. Bunda faqat ularning yozma murojaatlari kifoya. Barcha toʻlovlar, kerakli hujjatlar shu joyning oʻzida rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, mijozlar ovoragarchiliklarining oldini olish maqsadida reftrans@umail.uz elektron pochta manzili joriy etilgan boʻlib, tadbirkorlar korxona xizmatidan foydalanish uchun kerakli hujjatlarni elektron tarzda ushbu manzilga yuborishlari mumkin.

Fikr bildirish

Latest from Blog