Suv ta’minotiga billing tizimi joriy etiladi

Joriy yilning uchinchi choragi oxiriga qadar «Kommunxizmat» agentligi tomonidan mintaqalararo suv quvurlari boshqarmalarida billing tizimi ishga tushiriladi, deya xabar bermoqda Uz24.uz.

Foto: Geektimes

Ushbu yangi avtomatlashtirilgan tizim iste’molchilarga doir ma’lumotlar bazasini shakllantirishni takomillashtirish, ma’lumotlarga ishlov berish tezligini oshirish va pul mablag‘larining o‘z vaqtida tushishi imkonini beradi. Natijada iste’molchilar real vaqt rejimida to‘lovni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

Billing – ko‘rsatilgan xizmatlarning avtomatlashtirilgan hisob-kitobini yuritish tizimi bo‘lib, ularni tarifikatsiya qilish va to‘lovlarni amalga oshirish, ko‘rsatilgan xizmatlar hisobvaraqasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Xabarlarga ko‘ra, hozirda billing tizimiga Toshkent shahri, Toshkent va Xorazm viloyatlari ulangan. 1-iyulga qadar Surxondaryo viloyati qo‘shiladi, yil so‘ngigacha esa qolgan barcha hududlar kiritilishi rejalashtirilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog