Surxondaryolik nogiron ayol tutundan zaharlanib vafot etdi

11-fevral kuni Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani Yangidiyor mahallasida yashagan, 2-guruh nogironi N.Salomatova tutundan zaharlanib vafot etgan.

Foto: Qalampir.uz

Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ayolning uyidagi stol ustida yonib turgan shamning ko‘rpacha ustiga ag‘darilib, tutashi N.Salomatovaning voqea joyida hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog