//

Surxondaryodan qadimiy odam qabrlari topildi

Surxondaryo viloyatidagi 4000-yillik “Jarqoʻton” yodgorligidan taqinchoq va sopol idishlar bilan birga koʻmilgan odam qabrlari topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Agentlikning maʼlum qilishicha, davlat rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifi chogʻida vohadagi 10 ta madaniy meros obyektlarida dunyoning yetuk arxeologiya institutlari va ilmiy markazlari olimlarini jalb qilib, oʻrganish ishlarini olib borish topshirigʻi berilgan. Bugungi kunda topshiriqqa asosan viloyatning turli manzillarida arxeologik qazishma va oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

“Oʻzbekiston-Fransiya qoʻshma ekspeditsiyasida Fransiya milliy tadqiqot markazi, Termiz davlat universiteti, Oʻzbekiston milliy universiteti arxeolog olimlari ishtirokida qazishma ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Maʼlumot uchun, “Jarqoʻton” yodgorligi 4000-yillik tarixga ega, Oʻzbekistonda yagona boʻlgan eng qadimgi shahar hamda Oʻrta Osiyodagi dastlabki sivilizatsiya beshigi hisoblanadi. Hozirga qadar yodgorlikning hukmdor saroyi, Oʻrta Osiyoning ilk ibodatxonasi va mingdan ortiq qabrlar ochib oʻrganilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog