Surxondaryoda “Kamaz” 5 kishini bosib ketdi

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida 24-avgust kuni Qiziriq tumanida yashovchi B.Yu.ga tegishli “KAMAZ-5410” rusumli yuk avtomashinasi Boysun tumani hududidagi balandlikda turgan vaqtida to‘satdan yurib ketib, shu yerda bo‘lgan O.E., J.S., M.O‘., N.A. va E.E.ni bosib ketgan.

Foto: RIA

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada ulardan uch nafari jarohat olib voqea joyida vafot etgan, yana ikki nafari esa tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog