Suriyada terrorchilarni harbiy tayyorlash bilan shug‘ullangan O‘zbekiston fuqarosi yo‘q qilindi

Suriya shimoli-g‘arbidagi Idlib viloyatida so‘nggi kunlarda “Hayyat Tahrir ash-Shom” yirik terrorchilik tashkilotining bir necha qo‘mondonlari o‘ldirildi. Ulardan biri O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Foto: “Podrobno.uz”

Rossiya OAVlari xabarlariga ko‘ra, viloyat g‘arbida terrorchilik guruhining harbiy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassisi, O‘zbekiston fuqarosi Abu Islom Al-O‘zbekiy o‘ldirilgan. U bilan birga tashkilot bosh qo‘mondoni, Misr fuqarosi Abu Bakr Al-Misriy ham yo‘q qilingan. Viloyat janubidagi Balyun shahrida esa dala qo‘mondoni Abu Hamam Al-Turkmaniy o‘ldirilgan.

Qotillik uchun javobgarlikni hech kim o‘z bo‘yniga olgani yo‘q. Voqea haqida xabar bergan guruh matbuot agentligi qotilliklarda Damashq maxfiy agentlarini ayblamoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog