Sud Moskvada Islom Karimov haykalini o‘rnatish haqidagi referendumni bekor qildi

Moskvaning Zamoskvorechye tumani sudi tumanlararo prokuror Maksim Kiselyovning Yakimanka munitsipal deputatlari kengashining 2018-yil 18-mart kuni tuman referendumini o‘tkazish qarorini bekor qilish haqidagi da’vosini qondirdi, deb yozadi “TASS”.

Prokuratura referendumning o‘tkazilishi federal va shahar qonunchiligiga zid kelishi, chunki uning kun tartibida ko‘tarilgan ba’zi masalalar mahalliy ahamiyatga ega emasligiga asoslandi.

Deputatlar kengashi referendumga sakkizta — uchtasi — tumandagi transport harakati va bekatlar, uchtasi — haykallar va ikkitasi — qurilishlar haqidagi masalalarni olib chiqishni rejalashtirgan edi. Ushbu mavzular orasida Leninning haykalini Kaluga maydonidan “Muzeon” bog‘iga ko‘chirish, Bolshaya Polyanka ko‘chasida O‘zbekiston Birinchi Prezidentiga haykal o‘rnatish va Karimov xiyoboniga favvora qo‘yish masalalari ham bor edi.

Fikr bildirish

Latest from Blog