Falcon 9 raketasi seshanba kuni Starlink tizimining global Internet qamrov tarmogʻining orbital turkumini toʻldirish uchun 21 ta mini-sunʼiy yoʻldoshning navbatdagi partiyasini muvaffaqiyatli uchirdi, deya xabar berdi SpaceX.
“21 ta Starlink sunʼiy yoʻldoshi tepaga olib chiqilgani tasdiqlandi”, — deyiladi xabarda.
Uchirish Kaliforniyadagi AQSh kosmik kuchlarining Vandenberg bazasida AQSh Tinch okeani vaqti bilan soat 02:37 da SLC-4E uchish maydonchasidan amalga oshirildi. Sunʼiy yoʻldoshlar uchirilganidan taxminan bir soat oʻtgach, orbitaga chiqarildi.
Bu Starlink loyihasi doirasida 2019-yil may oyidan beri internet sunʼiy yoʻldoshlarining 102chisi boʻlib, joriy yil boshidan beri esa 33-marta uchirilishidir. Joriy uchirilishi bilan SpaceX allaqachon bu sunʼiy yoʻldoshlardan deyarli besh mingtasini orbitaga chiqardi. Ulardan baʼzilari ishdan chiqqan yoki orbitadan chiqib ketgan. Orbitada 4,6 mingdan ortiq qurilma ish holatida qolmoqda.