Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov qamoqqa olindi – OAV

© Podrobno.uz

Sobiq qishloq xoʻjaligi vaziri korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib tergov qilinmoqda. U jinoyat ishi doirasida ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Bu haqda Kun.uz nashri oʻz manbasiga tayanib xabar qildi.

Sobiq qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov qoʻlga olingan. Kun.uz manbasiga koʻra, u iqtisodiy jinoyatlar bilan bogʻliq ish yuzasidan tergov qilinmoqda.

Aziz Voitov 1980-yilda tugʻilgan, Toshkent moliya institutini “Soliq va soliqqa tortish” mutaxassisligi boʻyicha bitirgan (2001) hamda Oliy ishbilarmonlik maktabida “Biznes boshqaruvi” boʻyicha tahsil olgan (2010).

Aziz Voitov muqaddam “Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki” ATB boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan. 2020 yil martidan investitsiyalar va tashqi savdo vazirining (oʻsha vaqtda Sardor Umrzoqov) birinchi oʻrinbosari lavozimida ish boshlagan, 2022 yil avgustida qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimiga tayinlangan, 2023-yil yozida Sardor Umrzoqov prezident administratsiyasi rahbarligidan ketishi ortidan 2023 yil oktyabr oyida vazirlik rahbarligidan olingandi.

Fikr bildirish

Latest from Blog