/

Shveysariya ayrim hududlarida elektr quvvati uzilishini rejalashtirmoqda

Basler Zeitung nashrining xabar berishicha, Shveysariya energiyani tejash uchun mamlakatning ayrim hududlarida kuniga 4 soatdan 8 soatgacha elektr quvvati uzilishi imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Buning sababi esa mamlakatdagi Rossiya gazining taqchilligi deya baholangan.

Hozirda Shveysariya rasmiylari turli jamg‘arma ssenariylarining ta’sirini baholamoqda, deb yozadi bozor ishtirokchilariga tayanib Basler Zeitung.

Shunday qilib, mas’ullar tejamkorlik uchun iste’molni 5 foizga kamaytirishga yordam berish maqsadida oddiy chaqiriqlarni ham kutmoqda. Agar tejamkorlik haqidagi chaqiriqlar o‘z samarasini bermasa, keyingi qadam korxonalarni iloji boricha gaz emas, balki neft mahsulotlariga o‘tkazish bo‘ladi. Kerak bo‘lsa, iste’mol cheklovlari, masalan, do‘kon oynalarini yoritish uchun ham joriy etilishi va binolarda haroratni saqlash standarti kamaytirilishi mumkin.

Fikr bildirish

Latest from Blog