Stokgolmda oʻtgan yili amalga oshirilgan teraktda ayblanayotgan Raxmat Akilov ustidan sud 13-fevralda boshlanadi. Bu haqida RIA Novosti xabar qilmoqda.

Shvetsiya porkuraturasi Raxmat Akilovga seshanba kuni rasman ayblov qoʻydi va ishini sudga oshirdi. Sud majlislari 9-mayga qadar davom etadi va sud hukmi iyun oʻrtalarida oʻqilishi kutilmoqda.
«Qamoq jazosi muddati tugaganidan keyin, ushbu shaxs ekstratsiya qilinishi kerak…. Mening maqsadim shuki — u hech qachon bizning mamlakatda erkin yura olmasin», — dedi prokuror Xans Irman jurnalistlarga.
Eslatib oʻtamiz Oʻzbekiston fuqarosi 39 yoshli Raxmat Akilov 2017-yilnig 7-aprelida yuk mashinasini odamlar ustiga haydagan edi. Fojea oqibatida 5 kishi qurbon boʻlgan 15 kishi jarohatlangan edi.