Shikoyat qilmaguncha muammo hal boʻlmaydi: Tadbirkor iste’molchiga 28 millionlik sifatsiz eshik-romlarni pulladi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamiga 2018-yil 26-noyabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumani, Mirza koʻchasida yashovchi fuqaro Z. Avazovadan shikoyat arizasi kelib tushgan.

Foto: Google Images

Shikoyat arizasiga koʻra, isteʼmolchi YTT “A.Alimov“dan 28 000 000 soʻmga alyumin profilli eshik-romlar sotib olgan, lekin maʼlum bir vaqtdan soʻng eshik-romlar sifatsiz boʻlib chiqqan va isteʼmolchi Avazova norozi boʻlib doʻkon rahbariga bu haqda maʼlum qilgan.

Doʻkon rahbari esa turli bahonalar bilan isteʼmolchini sarson qilib muammosini hal qilmagan. Sifatsiz eshik-romlardan norozi boʻlgan fuqaro shikoyat qilishga majbur boʻlgan.

Shundan soʻng Toshkent shahar Olmazor tumanining isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari shikoyat arizasi yuzasidan doʻkon rahbari bilan suhbatlashgan va haqiqatdan tadbirkor turli bahonalar bilan isteʼmolchini sarson qilayotgani, haligacha ushbu muammo hal etmagani maʼlum boʻlgan.

Tadbirkorga isteʼmolchilik toʻgʻrisidagi qonunga binoan tushuntirish ishlari olib borilgandagina u xatosini tan olib, isteʼmolchiga yangi eshik romlarini oʻrnatib bergan.

Fikr bildirish

Latest from Blog