Shavkat Mirziyoyev Toshkentda yangi xalqaro aeromajmua qurilishi ishlari bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-dekabr kuni “Toshkent-Sharq” aerodromi bazasida qurilayotgan fuqaro aviatsiyasi majmuasi bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar qildi.

Korrespondent Uz 003
Foto: Prezident matbuot xizmati

Aeromajmuaning qurilishi iqtisodiyotning bir necha sektorlari rivojiga yangi yo‘l ochadi, fuqarolik va xizmat parvozlarini, shu jumladan, xususiy reyslarni amalga oshirish, xorij delegatsiyalarining uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkillashtirishga imkon yaratadi. Prezident topshirig‘iga ko‘ra, aerokompleksning qurilish ishlari 2019-yil so‘ngiga qadar yakunlanadi.

Shuningdek, davlat rahbari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidagi mahalliy havo liniyalarining rekonstruktsiya ishlari bilan ham tanishdi. Rekonstruktsiya ishlari 2018-yil boshida yakunlanishi rejalashtirigan.

Davlat rahbari “Toshkent-Sharq” aerodromi bazasida fuqaro aviatsiyasi majmuasini qurish bo‘yicha qarorni shu yilning iyun oyida imzolagan edi.

Latest from Blog