Shavkat Mirziyoyev “Saroy javohiri” serialidagi Tangem bilan ko‘rishdi (foto)

22—24-noyabr kunlari davlat tashrifi bilan Janubiy Koreyada bo‘lgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-noyabr kuni “Chong Va De” (“Moviy saroy”)da “Saroy javohiri” serialida Tangem obrazini yaratgan Li Yong E bilan uchrashdi.

Shavkat Mirziyoyev va Li Yong E ko‘rishmoqda. Foto: Newsis

23-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva sharafiga Janubiy Koreya prezidenti qarorgohida kechki ovqat uyushtirildi. Kechki ovqatda san’at va madaniyat arboblari qatorida o‘zbek tomoshabinlariga “Saroy javohiri” serialidagi Tangem obrazi orqali yaxshi tanish bo‘lgan 46 yoshli aktrisa Li Yong E ham tashrif buyurdi.

Mun Chje In va Li Yong E ko‘rishmoqda. Foto: “Chong Va De” saroyi

Janubiy Koreya matbuotining yozishicha, kechki ovqat vaqtida “Saroy javohiri” serialidagi Tangem tayyorlagan ovqatlardan biri ham mehmonlarga tortildi.

Foto: “Chong Va De” saroyi

Marosimda serialdagi “Onara” qo‘shig‘i ham ijro etildi.

Latest from Blog