Shavkat Mirziyoyev Sardor Umurzakovga yil yakunigacha ma’muriy islohotlarni yakunlashni topshirdi

Foto: Uz24.uz

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Adminstratsiya rahbari Sardor Umurzakovga ikkita muhim vazifasini topshirdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi xabar berdi.

«Bugun muhokama qilingan masalalar islohotlarimizning natijadorligini oshirish uchun muhim omil hisoblanadi», — dedi prezident.

Administratsiya rahbariga yil yakuniga qadar ixcham, professional, adolatli, natijaga ishlaydigan boshqaruv tizimini joriy qilish bo‘yicha ma’muriy islohotlarni yakuniga yetkazish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Qolaversa, davlat rahbari yangi tashkil qilingan Nazorat inspeksiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yib, prezident qarorlari va topshiriqlari ijrosini qat’iy ta’minlash vazifasini qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi o‘rtalarida prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan uning o‘rnini Sardor Umurzakov egallagan edi.

Fikr bildirish

Latest from Blog