Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi «Akfamedline» tibbiyot markazida bo‘ldi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Olmazor tumanida joylashgan «Akfamedline» tibbiyot markaziga bordi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mazkur tibbiyot markazi loyihasi joriy yilning 21-aprel kuni taqdim qilingan bo‘lib, davlat rahbari uni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, bu yerda yuqori malakali mutaxassislarning ishlashini tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. O‘tgan vaqt mobaynida qurib foydalanishga topshirilgan tibbiyot markazining umumiy maydoni 2 gektar bo‘lib, 5 blokdan iborat. 12 qavatli zamonaviy bino 160 o‘rinli statsionarga ega.

Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi sobiq profilaktoriysi o‘rnida tashkil etilgan mazkur tibbiyot markazi eng so‘nggi rusumdagi tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Ko‘p tarmoqli markazda yuqori malakali mutaxassislar faoliyat yuritmoqda.

400 dan ortiq ish o‘rni yaratilib, chet davlatlardagi yetakchi tibbiyot markazlarida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik mutaxassislar ham jalb qilingan. Markazda ultratovush diagnostikasi, terapiya, ginekologiya, gastroenterologiya, dietologiya, fizioterapiya, otorinolaringologiya, urologiya, pediatriya, kardiologiya, oftalmologiya, nevrologiya, endoskopiya, ortopediya, xirurgiya, neyroxirurgiya kabi yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatilmoqda.

Prezident O‘zbekistonda Janubiy Koreya tibbiyot instituti filialini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi.

Latest from Blog