Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda 3 yangi korxonani ishga tushirdi

Shavkat Mirziyoyev 10-fevral kuni Jizzax viloyatida sanoatni rivojlantirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilish so‘ngida yana bir muhim voqea — 3 ta yangi korxonani ishga tushirish marosimi bo‘ldi. Ular – Forish tumanidagi Eco Basalt Group, Jizzax sanoat zonasidagi Mono Electric va Super medical elements shirkatlaridir.

Birinchi korxona bazaltdan yiliga 5 ming tonna kompozit quvurlar ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Mono Electric’da 1 ming 500 turdagi elektr texnika mahsulotlari, Super medical elements’da 40 turdagi tibbiy buyumlar ishlab chiqariladi. Ushbu korxonalar hisobiga, 700 dan ortiq aholi yuqori daromadli doimiy ish joyiga ega bo‘ladi.

Marosimda videoaloqa orqali korxonalar vakillari bilan muloqot qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, yangi korxonalarni ishga tushirdi. Shuning bilan Jizzax viloyatiga tashrif yakunlandi, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Fikr bildirish

Latest from Blog