Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaning yangi Prezidenti Mun Je Inni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati ma’lum qiladi.
«O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida uzviylik va bosqichma-bosqichlikni saqlab qolgan holda kelajakda ham Koreya Respublikasi bilan do‘stlik va konstruktiv hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidan boradi”, deya ta’kidladi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoev Mun Je Inni o‘ziga qulay vaqtda O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif etdi.